Hamkorlar

Imkonia

Hamkor bo'lish

Maxsus pedagoglar o'qiydigan joyda

Hamkor uchun yo'riqnoma

Kim reklama beradi

Qayerda ko'rinadi

A'zolikka kiradi

  1. Hamkor sahifasi

    Logo, rasmlar, matn, aloqa va cheksiz mahsulot

  2. Hamkorlar katalogi

    Nom va mahsulot bo'yicha qidiruv

  3. Asbob sahifasida mahsulot

    «Qayerdan olsa bo'ladi» qatorida, narxi bilan

  4. Sayt qidiruvi

    Asosiy natijalardan keyin

Alohida sotiladi — joy va muddat bilan

  1. Bosh sahifa banneri

    Har tashrifda, hamma ko'radi — kompyuterda 3 joy

  2. Jihozlar sahifasi plitkasi

    Bo'lim bo'yicha: burun, quloq, tomoq… — kompyuterda 6 joy

Qayerda ko'rinmaydi

Mavzu matni va standart sahifalarida reklama yo'q.

Pedagog mavzu matnini reklamasiz o'qiydi — shuning uchun u saytga qaytadi.

Qabul qilinmaydi

Hisobot

Ko'rish va bosish soni kunlik, qurilma bo'yicha hisoblanadi. Kabinetda, istalgan vaqtda ko'riladi.

Qanday boshlanadi

  1. «Hamkor bo'lish» tugmasini bosasiz, kerak bo'lsa kabinetga kirasiz va kompaniya nomini yozasiz.
  2. Sahifani qadamma-qadam to'ldirasiz: tavsif, aloqa, logo va rasmlar (yo'riqnoma pastda).
  3. Moderatsiyaga yuborasiz — tekshiruv odatda bir ish kuni oladi.
  4. Tasdiqlangach sahifa ochiladi va «Tanlangan hamkor» sinov muddati beriladi. Keyingi matn, rasm va aloqa o'zgarishi yana moderatsiyadan o'tadi, mahsulot esa darrov chiqadi.

Narx

Hamkor sahifasi bepul, mahsulot soni cheklanmaydi. «Tanlangan hamkor» paketi — asbob sahifalari va katalog tepasidagi o'rin — 1, 3, 6 yoki 12 oyga to'lanadi.

Uzoq muddat yoki bir nechta o'rin kerak bo'lsa, narx alohida kelishiladi.

Hamkor bo'lish Telegram orqali yozish Yangi oynada ochiladi

Hamkor uchun yo'riqnoma

Sahifa egasi uchun. Har bo'lim qisqa — tahrir sahifasi bilan yonma-yon o'qiladi.

Tahrir sahifasini ochish

Qayerda tahrirlanadi

Kabinetdagi yoki Hamkorlar sahifasidagi «Hamkorlik sahifam» tugmasi orqali, yoki to'g'ridan-to'g'ri /hamkorlik. Sahifa egasi va biriktirilgan akkauntlar kiradi.

Tartib

  1. Sahifa: qisqa tavsif, matn, kamida bitta aloqa majburiy
  2. Logo: kvadrat, kamida 128 px tavsiya
  3. Rasmlar: 10 tagacha, kesilmaydi ixtiyoriy
  4. Mahsulotlar: nom, narx, havola, mos asboblar tavsiya
  5. «Tekshiruvga yuborish» — Imkonia bir ish kunida ko'radi

Tasdiqlangan sahifada matn, rasm va aloqa o'zgarishi moderatsiyadan keyin chiqadi, mahsulot esa darrov chiqadi. Nom va manzil (slug) faqat Imkonia orqali o'zgaradi.

Plitka (jihozlar sahifasi)

  • Rasm bannerdagidek 3:1 — bitta rasm ikkala joyda ishlaydi
  • Qaysi bo'limda chiqishi (burun, quloq, hammasi…) so'rovda belgilanadi; muddatni Imkonia qo'yadi
  • Rasmni istalgan vaqt almashtirasiz — tasdiq qayta so'ralmaydi

Sahifa

  • Qisqa tavsif (160 belgi) plitka ostida ham chiqadi — u sizning bir jumlalik taklifingiz
  • Matn: ### sarlavha, bo'sh qator — abzats, «- » — ro'yxat, **qalin**. Matn ichida havola ishlamaydi — havola faqat aloqa maydonlarida
  • Aloqa: telefon, Telegram, Instagram, sayt, manzil, xarita, ish vaqti — kamida bittasi. Noto'g'ri yozilgani chizilmaydi, qolgani chiqadi
  • Sahifa qidiruvda va Google'da ochiq, lekin asosiy natijalardan pastda

Mahsulot

  • Nom, narx (bo'sh qolsa «Narxi so'raladi», «Kelishiladi» belgisi bor), «Xarid qilish» havolasi — havola bo'lmasa telefon
  • Mos asboblar — 5 tagacha; mahsulot o'sha asbob sahifasining oxirida «Qayerdan olsa bo'ladi» qatorida chiqadi
  • Rasm 3 tagacha; birinchisi kartada dumaloq
  • «Yangilangan» sanasi har saqlashda yangilanadi — narx dolzarbligini foydalanuvchi shu sanadan biladi. Narx o'zgarmasa ham oyda bir «Saqlash»
  • «Ko'rsatilmasin» — vaqtincha yashiradi; «Arxivga» — qaytmaydi

Hisobot

Kabinetda: banner va plitka ko'rishi, bosishi, sahifa ochilishi, aloqa bosilishi — kunlik, qurilma bo'yicha. Raqamlar taxminiy.